Jurnal haqida
Current Issue
Vol. 2 No. 4 (2024): TIBBIYOT FANLARINING DOLZARB MASALALARI
MedicineProblems.uz - Tibbiyot fanlari ilmiy jurnali
Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari ilmiy-amaliy elektron jurnal boʻlib, u rasman ommaviy axborot vositasi sifatida 2023-yil 2-mart kuni 066517-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Jurnal 2023-yildan boshlab chop etiladi.
Nashrning tili:
Jurnal va undagi makolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Jurnalning boʻlimlari – nashrda:
1) 14.00.00-Tibbiyot fanlari;
2) 15.00.00-Farmatsevtika fanlari boʻyicha maqolalar chop etiladi.
Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnal nashr etilgan sonlari va undagi maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul. Eʼlon qilingan nashrlar medicineproblems.uz saytining arxiv boʻlimida joylashtirilgan.
Taqrizlash siyosati:
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshirib chiqiladi hamda maqola qoʻlyozmasi muallif koʻrsatilmagan holda taqrizlash uchun yuboriladi.
Nashrning davriyligi:
Jurnal qoida tariqasida bir oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.
ISSN:
Nashrning xalqaro standartlar asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida unga
3030-3133 ISSN raqami olingan.
Crossref DOI:
Tahririyat Crossref DOI ning rasmiy aʼzosi hisoblanadi va 10.47.390 DOI prefiksiga ega. Har bir nashr va ilmiy maqolaga individual Crossref DOI raqami beriladi.
Muassis:
“SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati.